21:35 / 25.10.2015
2688

Tim Shervud «Aston Villa» bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi

"Aston Villa” klubi rahbariyati bosh murabbiy Tim Shervudni o‘z lavozimidan ozod etdi.

Vaqtinchalik jamoa boshqaruvini Kevin Makdonald o‘z qo‘liga olgan.

Avvalgi murabbiylar shtabi a'zolaridan faqat Toni Parks klubda qoldi.

Rey Uilkins, Mark Robson va Sheymus Breydi Shervud bilan birgalikda Birgengemni tark etishdi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda “Aston Villa” chempionatning 10ta o‘yinida 1ta g‘alabaga erishdi va ayni paytda turnir jadvalining eng quyi o‘rnida joylashgan.

Qayd etish kerak, bu APLning 10 turi ichida uchinchi marta jamoalardan bosh murabbiy iste'foga chiqarilishi bo‘ldi. 7-tur o‘yinlaridan keyin "Liverpul" Brendan Rojyersni, "Sanderlend" esa Dik Advokatni ishdan bo‘shatgandi.

Top