20:29 / 25.10.2015
3187

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki O‘zbekiston kimyo sanoatidagi loyihaga kredit ajratadi

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) “Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqaruvchi majmua qurilishi loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etadi.

Tegishli kredit kelishuvi Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abening O‘zbekistonga tashrifi davomida imzolandi.

Loyihaga ajratiladigan investitsiyalar umumiy miqdori 961,74 mln dollarga baholanmoqda. JBIC’dan tashqari loyihaga O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot banki 320 mln dollar va “Navoiyazot” o‘z shaxsiy mablag‘larini ajratadi.

“Navoiyazot” AJ 2015 yil iyunda Yaponiyaning “Mitsubishi Heavy Industries” va “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari bilan ammiak va karbamid ishlab chiqaruvchi zavodni boshidan oxirigacha (loyihalashtirish, xarid, qurish va ishga tushirish) qurib, ishga tushirish bo‘yicha shartnoma tuzgan edi. Shartnomaga ko‘ra, ammiak ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri “Haldor Topsøe” (Daniya) va karbamid sintez qiluvchi “Saipem” (Italiya) va granulashtiruvchi “Uhde Fertilizer Technology” (Niderlandiya) korxonalari texnologiyalarini qo‘llagan holda yiliga 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbamid ishlab chiqaruvchi majmua qurish rejalashtirilgan.

Top