17:32 / 26.10.2015
3130

2015 yilda O‘zbekistondagi meditsina sanoati korxonalari tomonidan 498,3 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi

2015 yilning dastlabki 9 oyligida, O‘zbekistondagi meditsina sanoati korxonalari tomonidan 498,3 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, bu o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 130,2%ni tashkil qiladi.

O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan tarmoqdagi yirik sanoat korxonalari tomonidan dori vositalarini ishlab chiqarish hajmi oshirildi. Jumladan, shisha ampulalar – 4,9 martaga, provitaminlar, vitaminlar va ularning hosilalari – 2,5 martaga, tarkibida gormonlar yoki antibiotiklar bo‘lmagan medikamentlar ishlab chiqarish – 1,6 martaga oshgan. Meditsina tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmi ko‘proq Toshkent shahri (tarmoqning jami hajmidagi ulushi 56,4%), Toshkent (21,1%), Namangan (7,3%) va Sirdaryo (6,8%) viloyatlari korxonalariga to‘g‘ri keladi.

Kichik biznes sub'yektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning meditsina tarmog‘idagi ulushi 65,6%ga yetdi, o‘sish sur'ati o‘tgan yilning 9 oyligiga nisbatan 156,1%ni tashkil etdi.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda tarmoqning 252ta korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 49tasi 2015 yilda yangi tashkil kilingan korxonalar sanalishadi.

Top