10:23 / 26.10.2015
3833

2015 yilning 9 oyida "O‘zavtoyo‘l" DAK tomonidan 93,7 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi

2015 yilning 22 oktabr kuni kompaniya boshqaruvining 2015 yil 9 oylik yakunlari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo‘linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni boshqaruv raisi A.Abduvaliyev olib bordi. Bu haqda "O‘zavtoyo‘l" DAK matbuot xizmati xabar qilgan.

Yig‘ilishda ta'kidlanishicha, 2015 yilning 9 oyi davomida umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida tizim korxonalari tomonidan jami 1038,8 mlrd. so‘mlik yo‘l qurilish, ta'mirlash va saqlash ishlari bajarilgan bo‘lib, bu o‘tgan 2014 yilning shu davriga nisbatan 132,4 foiz o‘sishni ko‘rsatadi.

Investitsiya dasturiga muvofiq 2015 yilda 141,6 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvda bo‘lgan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan. Tuzilgan shartnoma va tasdiqlangan rejaga muvofiq I yarim yillik yakunlari bo‘yicha 375,6 mlrd. so‘mlik yo‘l ishlari bajarilib, 93,7 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi.

Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida hamda shahar ko‘chalarida "O‘zavtoyo‘l" kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan yo‘llarni mukammal ta'mirlashda 135,6 mlrd. so‘mlik ishlar amalga oshirilib, 63,3 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari ta'mirlandi.

42654 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash va joriy ta'mirlash ishlari bo‘yicha 2015 yilning 9 oyida 431,7 mlrd. so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirildi.

Hisobot davri mobaynida tizim korxona va tashkilotlarida 205 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Top