21:39 / 26.10.2015
3695

«Arsenal» Instagramdagi obunachilariga minnatdorchilik bildirishda Arshavinning suratidan foydalandi

Londonning "Arsenal" jamoasining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga obunachilar soni 4 mln nafarga yetgani munosabati bilan jamoaning sobiq futbolchisi Andrey Arshavinning surati joylashtirildi.

Bu surat 2009 yilning aprelida "Liverpul"ga qarshi bahsiga oid bo‘lib, unda Arshavin to‘rtta gol urgan va to‘rtinchi golini kameralar oldiga kelib, 4ta barmog‘ini ko‘rsatgan holda nishonlagandi.

Ma'lumot uchun, Arshavin "Arsenal"da 2009 yildan 2013 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, 144ta uchrashuvda 31ta golga mualliflik qilgandi.

Top