01:09 / 26.10.2015
8363

Estoniyaga AQShning og‘ir harbiy texnikalari keltirilishi boshlandi

Estoniyaga AQShning og‘ir harbiy texnikalari esheloni keltirildi. Bu haqda Valgamaalane gazetasi ma'lumotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Harbiy texnikalar belgilangan nuqta Tapa shahriga 26 oktabr kuni kirib borishadi. Shundan so‘ng, Tapa shahriga ikkita sapyorlar tanki va yordamchi texnikani olib kelishga to‘g‘ri keladi.

Estoniyaga 40 dona og‘ir harbiy texnika, jumladan, to‘rtta M1A2 Abrams tanki, 10 ta Bradley piyoda askarlar mashinasi va uchta Paladin artelliriyaga qarshi qurilma olib kirish rejalashtirilgan.

Texnikalar AQShning uchinchi piyodalar diviziyasining Estoniyada o‘tkazadaigan harbiy mashg‘ulotlari uchun zarur bo‘ladi.

Top