21:26 / 26.10.2015
5434

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ining o‘zbekistonlik foydalanuvchilari Afg‘onistondagi zilziladan zarar ko‘rmaganini ma'lum qilmoqda

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i bugun, 26 oktabr kuni Hindukush tog‘larida ro‘y bergan zilzila munosabati bilan xavfsizlik tekshiruvini o‘tkazmoqda.

Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi feysbuk foydalanuvchilariga ham “O‘zingizni xavfsiz deb belgilash orqali tinch ekanligingizni do‘stlaringizga bildiring. Shunday qilsangiz, ularga xabar beriladi”, degan mazmundagi xabarlar yuborildi.

Ayni paytda ushbu xizmat foydalanuvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:19da (Afg‘oniston vaqti bilan soat 13:39 da) Afg‘oniston poytaxti shimoli-sharqidan 259 km masofadagi Hindukush tog‘larida 7,4 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Afg‘oniston va Pokistonda tabiiy ofat qurbonlari soni 154 nafarga yetdi.

Top