20:56 / 26.10.2015
2936

Gari Nevill: Mourino APLdan ketishini istamayman

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq futbolchisi, ayni paytda Sky Sports telekanalida tahlilchi sifatida ishlayotgan Gari Nevill Joze Mourinoning «Chelsi» jamoasi bilan mavsum avvalida muammolarga duch kelganiga munosabatini bildirib o‘tdi.

"Qor uyumi 2-3 oy oldin yiqila boshlagandi. Avgustda "Chelsi" Angliya Superkubogi uchun final bahsida "Arsenal"ga mag‘lub bo‘lganigacha, hech kim o‘tgan mavsum chempionlarida muammo borligini taxmin ham qilmayotgandi. Keyin doktorlar shtabi bilan muammo chiqdi (Yeva Karneyro). Keyin jamoada intizom izdan chiqdi. Matbuot anjumanlaridan bosh tortish kuzatildi. Futbolchilarning ruhiyati izdan chiqqani ko‘rinib qoldi.

Mourino ajoyib murabbiy. U dunyodagi eng kuchli murabbiylardan biri. Men uni hurmat qilaman va unga tomon turli nomunosib gaplar tugatilishini xohlayman.

Axir u "Chelsi"da o‘tgan mavsumda kuchli jamoa tuzgandi. Bu jamoa ishonch bilan o‘tgan mavsumda chempion bo‘ldi.

Mourino vaziyatni o‘nglashi kerak. Keyingi 10-12 yil ichida u dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri bo‘ldi. Unga vaziyatni o‘nglash uchun keng imkoniyat yaratib berilishi kerak.

Men uni "Chelsi" murabbiyi bo‘lib qolishini, uning Angliyada ishlashda davom etishini istayman. Men shuning uchun buni xohlaymanki, kimdir har haftada olovga yog‘ quyib turishi kerak. U APLning qiziq o‘tishini ta'minlaydi", deydi Nevill.

Biroz avvalroq, "Chelsi" Mourino o‘rniga Xosep Gvardiolani taklif qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi.

Keyinroq esa, «Chelsi» rahbariyati Mourinoni iste'foga chiqarib, Anchelottini Londonga qaytarish haqida o‘ylayotgani xabar qilindi.

Ma'lumot uchun, "Chelsi" APLning 10 turidan keyin 11 ochko bilan 15-o‘rinda joy olib turibdi.

Top