08:12 / 26.10.2015
17695

Internetda odamzod ming yildan keyin qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligini namoyish qiluvchi video paydo bo‘ldi

Internetda odamzod ming yildan keyin qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligini namoyish qiluvchi video paydo bo‘ldi.

AsapScience ekspertlari o‘zlarining YouTube’dagi kanalida odamlar ming yildan keyin hozirdagidan ancha boshqacha bo‘lishini ta'kidlashmoqda. Daily Mail nashri videoning asosiy tezislarini chop etdi. 

Iqlimning o‘zgarishi, sun'iy ongning rivojlanishi, turli irsiy mutatsiyalar insonning tanasi va ongi o‘zgarishiga olib keladi. Mutaxassislarning fikricha, ming yildan keyin odamzodni quyidagi transformatsiyalar kutmoqda:

- global issiqlik tufayli teri rangi qorayadi;

- inson tanasiga nanorobotlar kiritiladi;

- odamlar balandroq va oriqroq bo‘ladi;

- irsiy mutatsiyalar tufayli ko‘z rangi qizil bo‘lishi mumkin;

- odamlarda aqlbovar qilmas qobiliyatlar paydo bo‘lishi mumkin;

 - umuman olganda, odamzod aqlliroq, kuchliroq va chiroyliroq bo‘ladi.

Albatta, bularning hammasi taxminlarga qurilgan ilmiy farazlardir.

Top