08:48 / 26.10.2015
3088

Jastin Biber Milanda MTV EMA taqdimotida 5 ta mukofot bilan taqdirlandi

Kanadalik taniqli xonanda Jastin Biber Milanda 25 oktabrda bo‘lib o‘tgan MTV Europe Music Awards musiqa taqdimotida 5 ta mukofot bilan taqdirlandi, deb yozmoqda Daily Mail nashri.

Biber “Eng yaxshi ijrochi, “Eng yaxshi obraz”, “Eng yaxshi konsert. Shimoliy Amerika”, “Eng katta fan-klub” va “Eng yaxshi duet” yo‘nalishlarida nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi.

Biber o‘z nutqida barcha muxlislari, ota-onasi va Tangriga minnatdorchilik bildirdi.

Biber taqdimotda ikki yil ichidagi o‘zining ilk qo‘shig‘ini ijro etdi va chiqishidan keyin ta'sirlanib, yig‘lab yubordi.

Avvalroq Jastin Biber What Do You Mean deb nomlangan yangi singli bilan Spotify musiqa xizmatida One Direction guruhining rekordini yangilagani ma'lum qilingandi.   

Singl 5 kun ichida 21 mln marta tinglangan.

Qo‘shiqchining yangi albomi 13 noyabrda chiqadi.

Top