22:45 / 26.10.2015
8604

KUN.UZ dayjesti: 26 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 26 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Erdo‘g‘an: kurdlarning Suriyada yangi viloyat tuzgani haqidagi e'loni Turkiyaga xavf tug‘diradi>>

Kurdlarning Suriya shimolida yangi viloyat tuzgani haqidagi e'loni Turkiyaga xavf tug‘diradi. Buni Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Al Arabiya telekanali.

Afg‘oniston Rossiyadan qurol olmoqchi>>

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzay Moskvaga murojaat qilib, ularga artilleriya, o‘qotar qurol va Mi-35 vertolyotlarini yetkazib berishni so‘radi.

Yaponiyaning Sumitomo kompaniyasi Turkmanistonda 300 mln dollarga IES quradi>>

Yaponiyaning Sumitomo Corp. savdo-investitsion kompaniyasi Turkmanistondan issiqlik elektr stansiyasi qurishga buyurtma oldi. 

Polshadagi parlament saylovida yevrozonaga kirishga qarshi bo‘lgan konservativ partiya g‘alaba qozondi>>


Polshada 25 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovida “Huquq va adolat” konservativ partiyasi yaqqol g‘alaba qozongan.

Estoniyaga AQShning og‘ir harbiy texnikalari keltirilishi boshlandi>>

Estoniyaga AQShning og‘ir harbiy texnikalari esheloni keltirildi. Bu haqda Valgamaalane gazetasi ma'lumotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Afg‘oniston armiyasi oxirgi kun ichida 200 nafar jangarini yo‘q qildi>>

Afg‘oniston mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, Afg‘oniston harbiy kuchlari oxirgi sutka mobaynida 197 nafar jangarini yo‘q qildi, ular ichida guruh qo‘mondoni ham bor.

Sirdaryoning chap qirg‘og‘ida, Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida yangi shahar barpo etiladi>>

Sirdaryoning chap qirg‘og‘ida, Qozog‘istonning Qizilo‘rda vilotida yangi shahar barpo etiladi, deb aytdi Qizilo‘rdada bo‘lib o‘tgan XIII Respublika shaharsozlik anjumanida Qizilo‘rda viloyati akimi (hokimi) Qrimbek Qusherboyev.

Tramp: Agar Saddam Husayn va Kaddafi hozir hokimiyat tepasida bo‘lganida dunyo tinchroq yashayotgan bo‘lardi>>

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Hillari Klinton bilan qatnashgan AQSh kongressida bo‘lib o‘tgan “Bengazi ishi” bo‘yicha tinglovdan so‘ng izoh berarkan, Iroq va Liviya “diktatorlar davrida yaxshiroq yashaganini” ma'lum qilgan.

OAV: Pentagon Rossiya kemalarining AQSh suvosti kommunikatsiyalari yaqinida turganidan xavotirga tushmoqda>>

Pentagon AQShni telefon va internet aloqa bilan ta'minlab turgan asosiy suvosti kommunikatsiya kabellari joylashgan havzalarda Rossiya kemalari va suvosti kemalarining mavjudligidan qattiq havotirda ekanini bildirmoqda.

Qirg‘iziston va Yaponiya bir qator kelishuvlarni imzoladi>>

26 oktabrda Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Abening tashrifi yakunlariga ko‘ra Qirg‘iziston va Yaponiya o‘rtasida bir qator kelishuvlar imzolandi.

Qirg‘iziston prezidenti Sindzo Abega qarzlar dasturi uchun minnatdorchilik bildirdi>>

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening mamlakatga rasmiy tashrifi doirasida unga iyenalarda beriladigan qarzlar dasturini qayta boshlashda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

Qirg‘iziston Yaponiyadan yangi traktor va kombaynlar oladi>>

Qirg‘iziston Yaponiyadan yangi traktor va kombaynlar oladi. Bu haqda «24» nashri xabar tarqatdi.

Omon Asadga Suriya inqirozini hal qilishda yordam berishni taklif qildi>>

Omon Suriya inqirozini hal qilishda yordam berish maqsadida mintaqaviy va xalqaro darajada barcha imkoni bor narsani amalga oshiradi. Bu haqda Omon sultonligi tashqi ishlar vaziri Yusuf ibn Olovi ibn Abdulloh Suriya prezidenti Bashar Asad bilan Damashqda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda SANA axborot agentligi.

Shindzo Abe: Yaponiya Qirg‘iziston bilan uchta yo‘nalish bo‘yicha munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratadi>>

“Yaponiya Qirg‘iziston bilan uchta yo‘nalish bo‘yicha munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratadi”, deb aytdi Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe.

NASA “mingyillik dovuli”ning orbital foto va videolarini ko‘rsatdi>>

NASA agentligi “mingyillik dovuli” nomini olgan tabiiy ofatning orbitadan suratga olingan foto va videolarini ko‘rsatdi. Bu haqda agentlikning saytida xabar qilindi.

BAA neft bahosining 50 dollarga tushib ketganini “insoniyat uchun tuhfa” deb atadi>>

Abu-Dabi iqtisodiy taraqqiyot departamenti boshlig‘i Ali al-Mansuriy neft bahosining bir barrelga 50 dollar qiymatga tushib ketishini “insoniyat uchun tuhfa” deb atgan, deb ma'lum qilmoqda Bloomberg agentligi.

OAV: Afg‘oniston va Pokistonda yuz bergan zilzila qurbonlari soni 150 nafardan ortib ketdi>>

26 oktabrda Toshkent vaqti bilan soat 14:19da (Afg‘oniston vaqti bilan soat 13:39 da) Afg‘oniston va Pokistonda yuz bergan zilzila qurbonlari soni 154 nafarga yetdi. 

Afg‘onistondagi maktabda zilziladan keyingi talato‘p vaqtida 12 nafar o‘quvchi qiz halok bo‘ldi>>

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila natijasida maktab o‘quvchilarini evakuatsiya qilish vaqtida 12 nafar o‘quvchi qiz qiz halok bo‘ldi va 35 nafari jarohatlandi. Reuters bergan axborotga ko‘ra, ularni maktab binosidan evakuatsiya qilishga urinishlar samarasiz yakunlangan.

Xitoy besh yulduzli mehmonxonalarning ko‘pligi bo‘yicha ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda>>

Trivago sayyohlik xizmati tadqiqotchilari besh yulduzli mehmonxonalari eng ko‘p davlatlarning reytingini tuzib chiqdi.

Daily Mail: “Chelsi” “Liverpul”ga yutqazsa, Mourino ishdan ketadi>>

“Chelsi” jamoasining “Vest Hem” bilan bo‘lgan o‘yinda 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashi klub mutasaddilarini murabbiy Joze Mourino masalasida jiddiy o‘ylab ko‘rishga majbur qildi, deb ma'lum qilmoqda Daily Mail nashri.

Top