22:19 / 26.10.2015
14912

KUN.UZ dayjesti: 26 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 26 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Islom Karimov: Uchinchi jahon urushi ro‘y bersa, bu insoniyat uchun oxirgisi bo‘ladi>>

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Toshkentda 25 oktabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Yaponiya biznes-anjumani davomida BMTni isloh qilish zarurati masalasini ko‘tardi.

Toshkentda 5 balli zilzila sodir bo‘ldi>>

26 oktabr kuni soat 14:12da Toshkent shahrida zilzila kuzatildi. Silkinishlar taxminan bir daqiqa davom etdi. Ularning magnitudasi haqida hozircha hech qanday ma'lumot berilmadi. 

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ining o‘zbekistonlik foydalanuvchilari Afg‘onistondagi zilziladan zarar ko‘rmaganini ma'lum qilmoqda>>

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i bugun, 26 oktabr kuni Hindukush tog‘larida ro‘y bergan zilzila munosabati bilan xavfsizlik tekshiruvini o‘tkazmoqda.

Abdulaziz Komilov AQSh elchisi bilan bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning kun tartibini muhokama qildi>>

2015 yilning 26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.

O‘zbekistonda chet elga chiqish tartibi o‘zgartirildi>>

O‘zbekistonda chet elga chiqish tartibi o‘zgartirildi, deb xabar beradi Norma.uz sayti.
Aytilishicha, hukumatning 22 oktabrdagi qarori bilan “Mansabdor shaxslarning chet el davlatlariga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2014 yildagi hujjatga o‘zgartirishlar kiritilgan.

Respublika Kinochilar uyida «Ajal jodusi» badiiy filmi premerasi bo‘lib o‘tdi>>

Joriy yilning 23 oktabr kuni Respublika Kinochilar uyi hamda Alisher Navoiy nomli kino saroyida «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga asosan «Vatan» kinostudiyasida suratga olingan «Ajal jodusi» badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston TIVda Xitoy elchisi bilan mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi>>

2015 yilning 26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bozorlar va bog‘lardagi imloviy xatolar matbuot nishoni ostida>>

O‘zbek tiliga rasmiy maqom berilishi munosabati bilan O‘zbekiston matbuotida til muammolariga bag‘ishlangan materiallar chop etilishda davom etmoqda. Asosiy mavzu bo‘lib ko‘cha yozuvlari, e'lonlar va peshlavhalarda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar xizmat qilmoqda.

O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish hajmi 1,5 martaga oshdi>>

2015 yilning dastlabki 9 oyi davomida oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish hajmi 10,114 trln so‘mni, o‘sish sur'ati o‘tgan yilga nisbatan 116,7 foizni tashkil etdi.

O‘zbekistonda 2015 yilda 8,5 trillion so‘mdan ortiqroq yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi>>

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida O‘zbekistonda yengil sanoat tarmog‘i korxonalari tomonidan 8587,0 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi, deb yoziladi davlat statistika qo‘mitasi axborotida. 

O‘zbekistonda 2015 yilda 3,3 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi>>

O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 2015 yilning yanvar-sentabr oylarida jami 3388,1 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 115,9 foizga o‘sishga erishildi.

2015 yilning 9 oyida O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi 34,6 foizga oshdi>>

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yil sayin oshib, 56 foizdan ko‘proqni tashkil etmoqda, deb yozadi Davlat statistika Qo‘mitasi matbuot xizmati.

26 oktabr kuni Toshkentda IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi ochiladi>>

Bugun, 26 oktabr kuni, Toshkentda IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi ochiladi. U bir hafta davom etadi.

O‘zbekiston TIAISVda JETRO vakili bilan invest-loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi>>

24 oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti — JETRO vakili Xiroyuki Ishige bilan muzokaralar o‘tkazildi.

2015 yilning 9 oyida "O‘zavtoyo‘l" DAK tomonidan 93,7 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi>>

2015 yilning 22 oktabr kuni kompaniya boshqaruvining 2015 yil 9 oylik yakunlari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo‘linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. 

Yaponiya Navoiydagi shifoxona jihozlanishi uchun 5 mln dollar mablag‘ ajratadi>>

Yaponiya Navoiy shahridagi ko‘p tarmoqli shifoxonaning zamonaviy texnikalar bilan jihozlanishi uchun 5 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu haqda Sputnik Yaponiya tashqi ishlar vazirligi spikeri Yasuxisa Kavamuraga asoslanib xabar tarqatdi.

Shindzo Abe Mustaqillik maydonini ziyorat qildi>>

24-26 oktabr kunlarida O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirgan Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe 25 oktabr kuni Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Unga O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev hamrohlik qilgan.

Pensiya kiritimlarini amalga oshirish uchun qog‘ozli bildirishnomalar bekor qilinadi>>

2018 yilga kelib O‘zbekistonda yagona pension ta'minot bo‘yicha “Nafaqa” idoralararo axborot tizimi joriy qilinadi. 2015-2017 yillarda amalga oshiriladigan ushbu loyiha “Pensiya” dasturiy kompleksiga tayanadi.

JOGMEC O‘zbekistonda geologik razvedka ishlarini o‘tkazadi>>

Yaponiyaning milliy neft, gaz va metall korporatsiyasi (JOGMEC) va “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi O‘zbekistonning istiqbolli hududlarida uglevodorod xom ashyosi bo‘yicha geologik razvedka ishlarini olib borish bo‘yicha shartnoma imzolashdi. 

Toshkentda Ispaniyaning viza servisi markazi ochildi>>

Ispaniyaning Moskvadagi bosh konsulligi VFS Global kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkentda Ispaniyaning viza servisi markazi ochishdi.

Eron O‘zbekistonga yangi elchi jo‘natdi>>

2015 yilning 26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Eron Islom Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Bahman Og‘oroziy Dormanini qabul qildi.

O‘zbekiston va Yaponiya turizm sohasida hamkorlik masalalarini muhokama etishdi>>

26 oktabr kuni Toshkentning «Grand Mir» mehmonxonasida B2B ko‘rinishida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiya sayyohlik agentligi assotsiyasi (JATA) rahbari Xiromi Tagava va O‘zbekistoni sayyohlik kompaniyasi o‘rtasida muzokara o‘tkazildi.

Top