11:06 / 26.10.2015
10237

OAV: Pentagon Rossiya kemalarining AQSh suvosti kommunikatsiyalari yaqinida turganidan xavotirga tushmoqda

Pentagon AQShni telefon va internet aloqa bilan ta'minlab turgan asosiy suvosti kommunikatsiya kabellari joylashgan havzalarda Rossiya kemalari va suvosti kemalarining mavjudligidan qattiq havotirda ekanini bildirmoqda.

Bu haqda 25 oktabr kuni The New York Times nashrining elektron namunasi ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh harbiy vazirligi davlatlar o‘rtasida keskinlik yoki mojarolar avj olgan taqdirda, okean tubiga yotqizilgan optik tolali kabellarga Rossiya tomonidan g‘arb mamlakatlari hukumatlari, iqtisodiyoti va fuqarolari qattiq bog‘lanib qolgan kommunikatsiyalarni uzib qo‘yish maqsadida shikast yetkazilishi mumkin.

The New York Times`ning qayd etishicha, Pentagon va AQSh razvedka tashkilotlarida Rossiya tomonidan yetkazilishi mumkin bo‘lgan tahdid o‘ta maxfiy tutilib, keng ommaga oshkor qilinmaydi. “Amerika hukumati shu kabi kommunikatsiyalar o‘tkazilgan hududlardagi Rossiya suvosti va suvusti kemalari ustidan faol monitoring olib borilayotgani, agarda kabellar shikastlansa, tezda tiklash (aloqani)ga tayyorgarlik ko‘rilayotganini sir tutmoqda”, deb yozmoqda gazeta.

Top