17:22 / 26.10.2015
2486

O‘zbekistonlik kurashchilar Krasnoyarskdagi turnirda olgan medallar soni 5taga yetdi

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida uch karra Olimpiada o‘yinlari g‘olibi Buvaysar Saytiyev sovrini uchun o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston vakillari ikkita oltin, bitta kumush va ikkita bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medallarni Rustam Jo‘rayev (-46 kg) va Hasanboy Rahimov (-120 kg) keltirishgan bo‘lsa, G‘ulomjon Abdullayev (-50 kg) kumush, Sherzod Shamsutdinov (-46 kg) hamda Husanboy Rahimov (-100 kg) bronza medali sohibi bo‘ldi.

Top