22:40 / 27.10.2015
2429

Abe: Yaponiya Qozog‘istonga atom energetikasi mutaxassislari tayyorlashda yordam beradi

Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe Yaponiya Qozog‘istonga rasmiy tashrifi chog‘ida mamlakatga atom energetikasi sohasida zarur mutaxassislar yetishtirib berishda yordam berishini aytib o‘tdi. Bu haqda IA Novosti-Kazaxstan xabar bermoqda.

"Afsuski 2011 yilda Yaponiyada AES avariyaga uchradi. Mana shu achchiq tajribadan so‘ng, bugungi kunda Yaponiyada xavfsiz va mustahkam AESlar bunyod etilmoqda”, — dedi Abe Ostona universitetlaridan biridagi chiqishi chog‘ida.

"Qozog‘istonda AES qurish rejalashtirilgan. Yaponiya mavjud texnologiyadan foydalanishni xohlaydi. Biz janob Nazarboyev bilan Qozog‘istonda Yaponiyaniki singari mustahkam AES qurish uchun zarur mutaxassislarni yetkazib berish masalasini muhokama qildik", — deb qo‘shimcha qildi u.

Top