16:28 / 27.10.2015
3356

Avstraliya politsiyasiga uloqcha ishga olindi

Yetim qolgan Bokschi laqabli uloqcha Avstraliya politsiyasiga ishga olindi, deb xabar beradi Mashable portali. U Yangi Janubiy Uels politsiyasining qutqaruv operatsiyalari va bombalarni zararsizlantirish bo‘linmasi xodimi sifatida “faoliyat” yuritmoqda.

Bokschi sun'iy ovqatlantiriladi. Uning onasi vafot etganidan so‘ng uni politsiya asrab oldi. Shtat politsiyasi matbuot kotibining ma'lum qilishicha, har kecha uloqchaga boshqa-boshqa zobitlar g‘amxo‘rlik qiladi.

Uni dastlab zobit Brenton Charlton keltirdi. U birinchi kunning o‘zidayoq barchaga yoqib qoldi. Endilikda echki bolasi ofisda kezib yuradi va stollar tagida uxlaydi.
Uloq katta bo‘lganida uning yashashi uchun yangi joy topilishi aytilmoqda.

Top