21:52 / 27.10.2015
2939

Frenk Lempard ritsarlik ordeni bilan taqdirlandi

Ayni vaqtda MLSda, "Nyu-York Siti" jamoasida to‘p surayotgan Frenk Lempard "Britaniya imperiyasining oliy ordenlari" qatoridagi ritsarlik ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda uning sobiq jamoasi "Chelsi" rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Mirror nashrida yozilishicha, futbolchiga bu orden shahzoda Uilyam tomonidan topshirilgan.

Ma'lumot uchun, ancha yillardan beri Angliya terma jamoasida ishtirok etib kelgan futbolchi APLning "Vest Hem", "Chelsi" va "Manchester Siti" kabi klublari uchun o‘yinlar o‘tkazgan. U "Chelsi" bilan 2005, 2006 va 2010 yillarda Angliya chempioni, 2007, 2007, 2010 va 2012 yillarda Angliya Kubogi sohibi, 2005 va 2007 yillarda Angliya ligasi kubogi sohibi bo‘lgan. Xalqaro maydonlarda esa u bir marta YeChL g‘olibi (2012 yil) va bir marta Yevropa Ligasi g‘olibi (2013 yil) bo‘lishga erishgan.

Top