09:26 / 27.10.2015
2946

Goal: Abramovich vaziyatni o‘nglash uchun Mourinoga 2 hafta vaqt berdi

«Chelsi» bosh murabbiyi Joze Mourino kamida 2 hafta davomida iste'foga chiqarilmaydi. U “Stok Siti”ga qarshi 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya chempionatining 12-tur uchrashuviga qadar o‘z lavozimida qoladi.

Goal.com nashrida yozilishicha, noyabrdagi terma jamoa o‘yinlariga tanaffus vaqtida londonliklar xo‘jayini Roman Abramovich va klub rahbariyati ushbu holatni muhokama qilishadi.

Muhokama vaqtida “Chelsi” mavsum yakuniga ko‘ra, Chempionlar ligasiga yo‘llanmani beruvchi birinchi to‘rt o‘rindan qanchaga ortda qolayotani hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Ayni damda jamoa to‘rtinchi o‘rinda borayotgan “MYu”dan 9 ochkoga ortda qolmoqda.

Agar Mourino istefoga chiqarilsa, uning o‘rniga jamoani mavsum oxiriga qadar vatinchalik boshqarib turadigan murabbiy tayinlanadi.

Hozirda jamoa 4-o‘rinni egallab turgan «MYu»dan 9 ochkoga ortda bormoqda.

Mourino iste'foga chiqarilgan taqdirda jamoani mavsum oxiriga qadar vaqtinchalik murabbiy boshqaradi. Asosiy nomzodlar sifatida Xosep Gvardiola va Diyego Simeone nomlari tilga olinmoqda, ammo ular 2016 yilning yoziga qadar bo‘sh emas.

«Chelsi» navbatdagi o‘yinni 31 oktabr kuni «Liverpul»ga qarshi o‘z o‘yida o‘tkazadi.

Top