00:28 / 27.10.2015
2853

Iordaniya poytaxtida pirotexnika vositasi tufayli yuz bergan portlashda besh kishi halok bo‘ldi

Iordaniya poytaxtida pirotexnika mahsulotlarining ikki konteyniri portlashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, o‘n kishi esa jarohatlandi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press agentligi mamlakat fuqarolar xavfsizligi vakili Iyad al-Amerning ma'lumotiga asoslanib.

Voqea dushanba kuni Ammanning bojxona omborxonalaridan birida sodir bo‘lgan. Agentlikning ma'lum qilishicha, voyea joyida quyuq tutun ko‘tarilgan.

Iyad al-Amerning so‘zlariga ko‘ra, jarohat olganlarning ayrimlari og‘ir ahvolda. Uning ta'kidlashicha, Iordaniya bosh vaziri hamda ichki ishlar vaziri voqea joyiga yo‘l olgan.

Top