20:50 / 27.10.2015
2244

Istanbuldagi xalqaro turnirda o‘zbekistonlik bokschilar sovrindor bo‘lishdi

Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan "Ahmet COMERT" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Sports.uz ning xabariga ko‘ra, musobaqada ishtirok etgan 14 davlat orasida O‘zbekiston terma jamoasi 2ta oltin va bitta bronza medali bilan umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Hal qiluvchi bellashuvda o‘zbekistonlik Otabek Xolmatov (-49 kg.) qozog‘istonlik Rustam Hamidovni mag‘lub etib, terma jamoa hisobiga birinchi oltin medalni olib kelgan bo‘lsa, Obidjon Tohirov (-91 kg.) finalda ozarbayjonlik Shukran Mehdiyevdan ustun keldi. Shunqor Abdullayev (-56 kg.) turnirning bronza medali bilan taqdirlandi.

Top