12:06 / 27.10.2015
2951

Janubiy Koreya prezidenti: KXDR tahdidlariga qarshi turish uchun mudofaani mustahkamlaymiz

Koreya Respublikasi shimoliy qo‘shnisining tahdidlariga qarshi tura olish uchun o‘z harbiy salohiyatini oshirishda davom etadi. Bu haqda prezident Pak Kin Xe Milliy kengashda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

“Yuqori mudofaa qobiliyati va Shimoliy Koreyaga prinsipial yondashuv dialog va hamkorlik eshiklarini ochib berishi mumkin”, - ta'kidladi Xe xonim.
Uning so‘zlariga qaraganda, Seulning qat'iy xatti-harakatlari tufayli avgust oyida harbiy inqirozning oldini olib,

Pxenyan bilan aloqa o‘rnatish imkoniyati yaratildi. O‘shanda ikki tomon artilleriya zarbalari almashib, harbiy harakatlariga tayyorlana boshlagan edi, lekin muzokaralar yordamida vaziyat tinchlantirildi.

Top