23:01 / 27.10.2015
3221

Kangaroo - cho‘ntak Windows-kompyuteri

InFocus kompaniyasi Windows 10 tizimida ishlovchi Kangaroo nomli mini kompyuterni ishlab chiqardi. Smartfon hajmicha keluvchi ushbu qurilmani hozircha Newegg sayti orqali buyurtma qilish mumkin. Noyabr o‘rtalariga kelib u Microsoft Store do‘konlarida sotuvga chiqadi.

Ushbu yangi qurilma Intel Cherrytrail (Z8500) protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, ikki gigabaytli tezkor xotiraga, 32 GB ichki xotiraga, microSD, hamda to‘rt soatga yetadigan batareyeyaga ega. Kangaroo qurilmasida Windows Hello funksiyasi yordamida hech qanday parol va PIN-kodlarsiz ishlash mumkin bo‘ladi.

Qurilma 99 AQSh dollari qiymatida sotilmoqda. InFocus kompaniyasi CES 2016 ko‘rgazmasida Kangaroo ekotizimini to‘ldiruvchi boshqa bir qator yangi mahsulotlar va aksessuarlar bilan ishtirok etishini ma'lum qilgan.

Top