20:23 / 27.10.2015
6127

KUN.UZ dayjesti: 27 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 27 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Yaponiya bosh vaziri Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashdi>>

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Qozog‘istonga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar berdi. Uchrashuv chog‘ida Nazarboyev Abeni qayta saylangani bilan tabriklab, jahondagi murakkab siyosiy va iqtisodiy vaziyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishni tilab qoldi.

Afg‘onistondagi zilzila tufayli halok bo‘lganlar soni 350 nafarga yetdi>>

Avval xabar berilganidek, Afg‘onistonda 26 oktabr kuni 7,5 balli yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Uning ta'sri O‘rta Osiyoning boshqa respublikalarida ham sezildi. Ko‘plab shahar va qishloqlarda aholining uylari, maktablar va boshqa binolar shikastlandi.

Janubiy Koreya prezidenti: KXDR tahdidlariga qarshi turish uchun mudofaani mustahkamlaymiz>>

Koreya Respublikasi shimoliy qo‘shnisining tahdidlariga qarshi tura olish uchun o‘z harbiy salohiyatini oshirishda davom etadi. Bu haqda prezident Pak Kin Xe Milliy kengashda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

2030 yilda Qozog‘istonning 56 foizi gazlashtiriladi>>

2030 yilga qadar Qozog‘iston hududidagi aholijoylarning 56 foizi gazlashtiriladi. Bu haqda mamlakat energetika vazirining o‘rinbosari Baqitjon Jaqsaliyev MDH elektroenergetik kengashining 54-yig‘ilishidagi chiqishida ma'lum qildi.

IShID jangarilari Palmiradagi tarixiy ustunlarga qo‘shib 3 kishini portlatib yuborgan>>

IShID jangarilari Suriyaning Palmira shahridagi tarixiy ustunlar hududida avval 3 kishini qatl qilib, keyin ularning jasadini ustunlar bilan birgalikda portlatgan. Bu haqda SSN xabar berdi.

Qirg‘iziston va Xitoy chegarachilari aeroportlarda qo‘shma operatsiyalar o‘tkazadilar>>

Qirg‘iziston va Xitoyning chegara idoralari ikki davlat aeroportlaridagi nazorat o‘tkazish punktlarida xavfsizlik masalalari bo‘yicha axborot almashuvini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Qirg‘iziston vakillari xabar berdi.

IShID jangarilari Palmiradagi tarixiy ustunlar majmuasini yo‘q qildi>>

IShID jangarilari Suriya shimoli-sharqidagi tarixiy Palmira shahridagi ustunlar majmuasini portlatib yubordi. Bu haqda Livandagi "An-Naxar" gazetasi saytida ma'lum qilingan.

Osiyo janubidagi zilzila: Talofatlar fotosuratlarda>>

Afg‘onistonda 26 oktabr kuni 7,5 balli yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Uning ta'sri O‘rta Osiyoning boshqa respublikalarida ham sezildi. Ko‘plab shahar va qishloqlarda aholining uylari, maktablar va boshqa binolar shikastlandi.

Turkiya gaz masalasida Rossiyani sudga berdi>>

Turkiyaning Botas davlat kompaniyasi Rossiya ustidan gaz narxlari tufayli xalqaro hakamlik sudiga da'vo arizasi kiritdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Rossiya mudofaa vazirligi Suriyada harbiy xizmatchilardan biri muhabbat tufayli o‘zini-o‘zi o‘ldirganini ma'lum qildi>>

Rossiya mudofaa vazirligi Suriyada bo‘lib turgan shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilardan biri halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

Iordaniya poytaxtida pirotexnika vositasi tufayli yuz bergan portlashda besh kishi halok bo‘ldi>>

Iordaniya poytaxtida pirotexnika mahsulotlarining ikki konteyniri portlashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, o‘n kishi esa jarohatlandi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press agentligi mamlakat fuqarolar xavfsizligi vakili Iyad al-Amerning ma'lumotiga asoslanib.

Qirg‘izistonda IShIDning Markaziy Osiyoda teraktlar uyushtirishga qancha pul sarflagani aytildi>>

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi “Alfa” maxsus bo‘linmasi faxriylari birlashmasi raisi Artur Medetbekovning so‘zlariga qaraganda, IShID Markaziy Osiyoda teraktrlar uyushtirish, bu yerda odamlar yollash va boshqa ishlarga 70 mln dollar yo‘naltirganini bayon qildi. Bu haqda Qirg‘iziston axborot agentligi xabar bermoqda.

Afg‘onistonda zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 115 kishiga yetdi>>

Afg‘onistonda mintaqada 26 oktabrda yuz bergan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 115 kishiga yetdi, 538 dan ortiq kishi jarohat oldi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzoy bergan bu ma'lumotlarni Xitoyning “Sinxua” agentligi keltirib o‘tdi.

Brent turidagi 1 barrel neft narxi 47,28 dollarga tushdi>>

Kelgusida AQShdagi yoqilg‘i zaxirasining ortishi haqidagi ma'lumotlr tufayli neft narxida tushish kuzatilmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bergan.

Alibaba asoschisi eng boy odam maqomidan mahrum bo‘ldi>>

Alibaba Group onlayn kompaniyasi asoschisi milliarder Jyek Ma Forbes jurnali talqini bo‘yicha Xitoyning eng boy odami mavqeyidan mahrum bo‘ldi. Uning o‘rniga kuchmas mulk investitsiyasi bilan shug‘ullanuvchi Van Tszyanlin ko‘tarilib oldi.

XVJ Saudiya Arabistoni g‘aznasining tez orada bo‘shab qolishidan ogohlantirmoqda>>

Yaqin 5 yil ichida neft narxining pastligi tufayli Saudiya Arabistoni byudjyet tanqisligining tez o‘sishi muammosiga duch keladi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali ma'lum qildi.    

Bokschi Roy Jons Rossiya fuqaroligiga ega bo‘ldi>>

27 oktabr, seshanba kuni mashhur bokschi, bir necha vazn toifalarida ko‘p karra jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan Roy Jons Moskvada Rossiya fuqaroligini beruvchi pasportga ega bo‘ldi. Bu haqda «R-Sport» nashri xabar tarqatmoqda.

Rio olimpiadasida ilk marta qochqin maqomidagi sportchilar ishtirok etishi mumkin>>

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax 2016 yilda Braziliyada o‘tkaziladigan Rio-de-Janeyro olimpiadasida qochqinga aylangan sportchilar ham ishtirok etishi mumkinligini ma'lum qildi.

GM yong‘in xavfi borligi sabab 1,4 mln dona avtomobilini ortga qaytarib oladi>>

Amerikaning General Motors kompaniyasi avtomobillarning dvigatel qismidagi moylash bilan bog‘liq muammolar tufayli dunyo bo‘yicha 1,4 mln mashinalarini ortga qaytarib oladi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.

Putin Saudiya Arabistoni qiroli bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al Soud bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilingan.

AQSh davlat qarzi chegarasining oshirilishi 2017 yil martigacha uzaytiriladi>>

AQSh davlat qarzi chegarasining oshirilishi 2017 yil martigacha uzaytirilishi mumkin, deb xabar beradi Reuters agentligi.

Isroillik uchuvchilar “aqlli” shlemlar bilan ta'minlanadi>>

F-16I qiruvchi samolyotida parvoz qiluvchi isroillik uchuvchilar samolyotning holati haqida ma'lumot beruvchi “aqlli” shlemlar bilan ta'minlanadi. Bu haqda Defense Aerospace nashri ma'lum qildi.

Lavrov: Rossiya terrorizm bosimiga qarshi barcha choralarni qo‘llaydi>>

Rossiya terrorizm bosimiga qarshi har qanday choralarni qo‘llaydi. Bu haqda Rossiya va Belarus idoralar kengashi majlisidan so‘ng Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytib o‘tgan. 

Top