10:03 / 27.10.2015
2814

Mahmud Abbos: Falastindagi vaziyat yaqin kunlarda murakkablashishi mumkin

Falastindagi vaziyat yaqin kunlar ichida Isroil harakati tufayli yanada murakkab tus olishi mumkin, deb ma'lum qilgan Falastin prezidenti Mahmud Abbos. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

U bu haqda Yevropa Ittifoqining xorijiy ishlr va siyosat bo‘yicha yuqori vakili Federik Mogerini bilan bo‘lgan suhbat davomida aytib o‘tgan.

Bunga sabab Quddusda 2000 yildan buyon saqlanib kelayotgan muqaddas joylarni Isroil tomonidan buzilayotganidir.

Abbos, shuningdek, G‘arbiy qirg‘oqlarda Isroil armiyasi himoyasi ostida odamlarni Falastin hukumatiga qarshi qayrab yuradigan elchilik harakatining ham darhol to‘tatish kerakligini ta'kidlab o‘tgan.

O‘z navbatida, suhbat boshidanoq Mogerini YeI Isroil va Falastin mojarosiga aralashmasligi haqida aytib o‘tgan.

Top