23:26 / 27.10.2015
4952

Nazarbayev qozoqlarni yaponlar bilan tenglashtirdi

Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe Qozog‘iston respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevdan Qozog‘istonda yapon biznesi vakillari uchun “uy sharoiti”ni yaratib berishini so‘radi.

“Bugungi yuqori darajali uchrashuvda men Qozog‘iston prezidentidan mamlakatingizning iqtisodiy salohiyatini oshirish uchun yapon hukumati va xususiy sektorlar o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdim. Hurmatli prezident, men sizdan shu yerda yana bir bor iltimos qilib so‘raymanki, Yaponiya fuqarolari Qozog‘istonda o‘zlarini xuddi ikkinchi vatanlaridek his etishsin. Toki ular mamlakatingizda uzoq muddat biznes taraqqiyoti uchun xizmat qilishsin” — dedi Abe qozoq-yapon biznes-forumida.

“Barcha yapon mehmonlari bu yerda xuddi o‘z uylaridagidek. Qayerda qozoq, qayerda yapon ekanligini ajratib ko‘ringchi”, — dedi Nazarbayev forum qatnashchilarining gulduros qarsaklariga ishora qilar ekan.

Top