17:37 / 27.10.2015
2304

O‘zbekiston TIVda Chen Shaosin rahbarligidagi Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

2015 yilning 27 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Umumxitoy xalqaro do‘stlikka ko‘maklashish assotsiatsiyasi bosh kotibi o‘rinbosari Chen Shaosin rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida, nodavlat tashkilotlar o‘rtasidagi muloqotlarni va xalq diplomatiyasi vositasida bevosita aloqalarni kengaytirish orqali O‘zbekiston—Xitoy munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Top