01:01 / 27.10.2015
5528

Suriya armiyasi mamlakat sharqida IShIDning hujumini qaytardi

Suriya armiyasi IShID jangarilarining mamlakat sharqidagi Evfrot daryosi bo‘yida joylashgan Dayr-az-Zo‘r hududiga hujum qilib kirishga urinishini qaytardi. Bu haqda Suriya armiyasi vakili, brigada generali Ali Mayxub ma'lum qildi.

“Bizning qo‘shinlar IShID jangarilarining bostirib kirishga urinishini qaytardi va 3 ta zirhli texnikani yo‘q qildi hamda dushmanning texnikasi va tirik kuchiga sezilarli zarba berdi”, deb aytmoqda general.

Top