16:14 / 27.10.2015
4591

Xalqaro sanoat yarmarkasidan fotoreportaj

Avval xabar qilganimizdek, 26 oktabr kuni poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”ning 6ta ko‘rgazma zali, 2ta atrium, ochiq maydonchalar va konferensiya zallarida IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi boshlandi.

Yarmarkada 50dan ziyod mamlakatdan 1300dan ortiq xorijiy firma va kompaniya vakillari ishtirok etishmoqda. Jumladan, O‘zbekistondagi 2000ga yaqin korxona, kompaniya va tashkilotlar o‘zlarining mahsulotlarini namoyish etmoqda. Ular orasida farmatsevtika, metallurgiya, neft va gaz, elektrotexnika va boshqalar bor.

Sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi 2 noyabrga qadar davom etadi.

Top