18:31 / 27.10.2015
3740

Xitoy navbatdagi besh yillik reja haqida maroqli videolavha orqali hikoya qilib berdi

Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi maxsus animatsion rolik yaratib, u orqali iqtisodiy rivojlanish besh yilliklarining 13-bosqichi qanchalik zarur ekanligini asoslab berishga intildi. Videolavha YouTube servisida joylashtirildi.

Rolikning 4 nafar animatsion personaji ingliz tilidagi qo‘shiqda Xitoy hukumatining iqtisodiy siyosati haqida gapirib beradi. Tomoshabinlar Xitoy kelajagi shunga bog‘liq ekanligini tushunib olishadi.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktabr kuni Pekinda Xitoy Kommunistik partiyasi plenumining uch kunlik yig‘ilishi boshlandi. U yangi besh yillik rejasini qabul qilishi kutilmoqda. 2016-2020 yillarni qamrab oladigan mazkur loyiha iqtisodiyotning barcha sohalariga joriy qilinadi.

Top