Xitoyning CNPC kompaniyasi Amudaryo bo‘yicha, Turkmaniston hududida joylashgan 3ta gaz konini ochdi. Bo‘ta, Tongiguyi, Uzinguyi konlari muvaffaqiyat bilan ishga turishirldi.
Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi “Baxtiyorlik” kelishuv hududi blokida joylashgan TAN-401D gaz qudug‘ining bir sutkalik debeti 0.3 mln kubometrni tashkil qiladi.
Ushbu gaz “Markaziy Osiyo-Xitoy” gaz quvuri orqali haydalmoqda.
Turkmenbusiness.org saytining xabar berishicha, belgilangan hududda o‘tkazilgan ishlarda CNPC faqatgina o‘zining tajribasi va ilg‘or texnologiyalaridan foydalanib qolmay, o‘nga yaqin servis kompaniyalari bilan ham hamkorlik qilgan.