21:02 / 28.10.2015
2778

2015 yilda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 2000dan ziyod ortiq huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazdi

2015 yil 28 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2015 yilning yanvar-sentabr oylarida aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ish bilan ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi bosh mutaxassisi Barno Kazakbayeva o‘z ma'ruzasida amalga oshirilgan ishlar xaqida axborot berdi.

Jumladan joriy yilning 9 oyi davomida inspeksiya xodimlari tomonidan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida, davlat byudjyetidan moliyalashtirladigan tashkilotlarda, huquq tartibot idoralari bilan hamkorlik doirasida, jami 5 mingdan ortiq tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha ish beruvchilarga nisbatan 500dan ortiq bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilgan 400dan ortiq mansabdor shaxslarga nisbatan ma'muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Joylardagi Davlat mehnat huquq inspektorlari tomonidan 2015 yilning 9 oyi davomida Mehnat munosabatlariga oid va «Aholini ish bilan ta'minlash to‘g‘risida»gi qonunlarning korxona va tashkilotlarda hamda fermer xo‘jaliklarida keng targ‘ib etish yuzasidan televideniye va radio orqali 80dan ortiq, marotaba, matbuot, gazeta, jurnallar orqali 170dan ortiq marotaba chiqishlar qilingan hamda 1,8 ming marta yig‘ilish-seminarlar va ochiq eshiklar, jami 2 mingdan ortiq huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan.

Top