20:24 / 28.10.2015
2900

2015 yilda O‘zbekistonda xorijdan qaytgan mehnat migrantlarining 186 ming nafari ish bilan ta'minlandi

2015 yil 28 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2015 yilning yanvar-sentabr oylarida aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ish bilan ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazdi.

Bandlikni tahlil qilish va mehnat bozorini tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Erkin Avezov “Ish o‘rinlari tashkil tashkil etish va aholini bandligini ta'minlash” dasturining bajarilishi va bandlikning samarali shakllarini rivojlantirish maslasiga to‘xtalar ekan, 2015 yilda bandlik dasturi ijrosi haqida axborot berdi.

Unga ko‘ra hisobot davrida respublika bo‘yicha jami 748 ming ish o‘rinlari tashkil etilib, dastur 101 foizga ko‘p bajarildi. Bunda, maqsadli dasturlarga muvofiq 163 mingta, jumladan sanoatda – 60 mingta, xizmat ko‘rsatish va servisda – 52 mingta, qishloq xo‘jaligida – 35 mingta ish joylari tashkil etildi.

Dastur ijrosida asosiy e'tibor - kichik biznesga qaratilgan bo‘lib, kichik korxona va mikrofirmalar, yakka tadbirkorlik, uy mehnati, dehqon va fermer xo‘jaliklarida jami 585 mingdan ziyod kishining bandligi ta'minlandi (bu yaratilgan ish o‘rinlarining 78 foiziga teng bo‘ldi).

Joriy yilning o‘tgan davrida 900dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazildi va ularda 44 mingta korxona va tashkilotlar ishtirok etib, 50 ming kishiga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, hududiy mehnat organlarining inspektorlari mahallalarda yurib, ishsiz bo‘lgan va ish qidirayotgan 230 mingga yaqin fuqarolarni ishga joylashishiga ko‘maklashildi, ulardan 110 ming nafari ayollar, 168 ming nafari yoshlar, 67 ming nafari ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholini tashkil etadi. Ularning 143 ming nafari qishloq xududlariga to‘g‘ri keladi. Chetdan qaytgan mehnat migrantlaridan 186 ming nafarining bandligi ta'minlangan.

Top