01:15 / 28.10.2015
13944

2016 yildan Qozog‘iston maktablarida 12 yillik ta'lim dasturi bo‘yicha o‘qitish boshlanadi

2016 yildan Qozog‘iston maktablarida 12 yillik ta'lim dasturi bo‘yicha o‘qitish boshlanadi. Bu haqda Qozog‘iston ta'lim va fan vaziri o‘rinbosari Toxir Balikboyev Qozog‘iston parlamenti senatining ijtimoiy-madaniy rivojlanish va fan bo‘yicha qo‘mitasining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Biz 12 yildan beri 12 yillik ta'limga o‘tish haqida gapirmoqdamiz. Shuning uchun dastlabki tajribalar o‘tkazildi. Endi biz joriy yilda 30 ta maktabda yangi o‘quv dasturini joriy qilish bo‘yicha tajribani boshlaymiz. Bu, birinchidan, 1-sinf uchun dastur, ikkinchidan, maktabgacha ta'lim tizimi uchun maktaboldi sinfi. Keyingi yilda maktaboldi sinfiga keladigan barcha bolalar yangi dastur bo‘yicha ta'lim olishni boshlaydilar. Shu tariqa, 12 yillik ta'lim tizimi quyidagicha bo‘ladi: hozir bizda 11 yillik ta'lim, unga pastdan yana bitta sinf – maktaboldi sinfi qo‘shiladi. 2016 yildan maktaboldi sinfi boshlanadi, 2017 yilda 1-sinf, undan keyin esa jadval bor va bu jadval to‘liq o‘tgandan keyin bizda maktab strukturasi quyidagicha ko‘rinish oladi: 5 + 5 +2”, deb tushuntirib o‘tdi Balikboyev.

Top