17:06 / 28.10.2015
5446

Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari soni 385 nafarga yetdi

26 oktabr kuni markazi Afg‘onistonda bo‘lgan 7,5 magnitudali zilzila tufayli Osiyo janubidagi hududlarda halok bo‘lganlarning jami soni 385 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

Pokistonning o‘zida zilzila tufayli 267 kishining halok bo‘lgani tasdiqlangan. Afg‘onistonda esa 115 nafar kishi ushbu tabiiy ofat qurboni bo‘lgan. Shuningdek, Hindiston va Nepalda ham ta'siri sezilgan zilzila bu mamlakatlarga ham talofat yetkazgan.

Pokistonda zilzila 10 mingdan ortiq uyni yer bilan bitta qilgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda 26 oktabr kuni 7,5 balli yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Uning ta'siri O‘rta Osiyoning boshqa respublikalarida ham sezildi. Ko‘plab shahar va qishloqlarda aholining uylari, maktablar va boshqa binolar shikastlandi.

Zilzila markazi Afg‘oniston poytaxtidan shimoli-sharqiy tomonga 259 km uzoqlikda Hindukush tog‘larida, o‘chog‘i 190 km chuqurlikda bo‘lgan.

Top