11:14 / 28.10.2015
3010

Angliya Liga kubogi. «Arsenal» va «Chelsi» musobaqani tark etdi

27 oktabr oqshomida Angliya Liga kubogida 4-bosqich uchrashuvlariga start berildi. Birinchi kungi o‘yinlarda sensatsiyalar qayd etildi, Londonning ikki grand klubi “Arsenal” va “Chelsi” o‘rtamiyona raqiblariga imkoniyatni boy berib, musobaqani muddatidan ancha avval tark etishdi.

Joriy mavsumda 11 turdan keyin 22 ochko to‘plagan holda turnir jadvali peshqadamlaridan biri bo‘lib turgan “Arsenal” esa “Sheffild Uensdey” klubidan safarda yirik 0:3 hisobida yengildi. Bu o‘yinda avvaliga 5 daqiqada Aleks Okslend-Chemberlen, 19 daqiqada esa uning o‘rniga maydonga tushirilgan Teo Uolkott jarohatlanib, o‘yinni davom ettira olmadi. Shu tariqa, "gunnerlar"ning safida jarohatlangan Jyek Uilsher, Aaron Remsi, Mate Debyushi qatoriga Uolkott va Chemberlen qo‘shilishdi.

APLda o‘ta omadsiz ishtirok etayotgan “Chelsi” mehmonda “Stok Siti” klubiga penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ydi. Joze Mourino shogirdlarining asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirishgandi.

Angliya Liga kubogi. 4-bosqich

Sheffild Uensdey – Arsenal 3:0 (2:0, 1:0)

“Xillsboro” stadioni

Gollar: 1:0 – 27 Uolles, 2:0 – 40 Lukash Joau, 3:0 – 51 Xatchinson.

“Sheffild Uensdey” – Uayldsmit, Pudil, Xant, Lovens, Xatchinson (Makgugan, 80), Uolles, Li, Elan, Bennan (Semedu, 75), Lis, Lukash Joau (Nuxiu, 85).

“Arsenal” – Chex, Gibbs, Debyushi, Mertesaker, Chembers, Oksleyd-Chemberlen (Uolkott, 5; Bennaser, 19), Flamini, Kamara (Belik, 60), Kempbell, Jiru, Ivobi.

Ogohlantirishlar: Xatchinson (30), Uolles (45), Lovens (59), Debyushi (59), Kempbell (86).

Stok Siti – Chelsi 1:1 (0:0, 1:1, 0:0, 0:0 pen. bo‘yicha 5:4),

“Britaniya Stedium”

Gollar: 1:0 – 52 Uolters, 1:1 – 90 Remi.

“Stok Siti” – Batlend, Shoukross, Munesa (Uilson, 49), Bardsli, Vollshayd, Uelan, Adam, Afellay (Shakiri, 76), Arnautovich, Uolters (Odemvingi, 90), Diuf.

“Chelsi” – Begovich, Keyxill, Baba (Kenedi, 70), Zuma, Terri, Ramires (Traore, 80), Obi Mikel, Oskar, Villian, Azar, Diyego Kosta (Remi, 33).

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4.

Ogohlantirishlar: Bardsli (18), Baba (36), Uilson (81).

Chetlatish: Bardsli (90).


Everton – Norvich 1:1 (0:0, 1:1, 0:0, 0:0, pen. bo‘yicha 4:3)

“Gudison Park”

Gollar: 0:1 – 51 Bassong, 1:1 – 68 Osman.

“Everton” – Robles, Stounz, Funes Mori, Ovedo, Brauning (Barkli, 62), Makkarti, Gibson, Osman, Miralyas (Neysmit, 98), Lukaku, Kone (Deulofeu, 62).

“Norvich” – Radd, Bassong, Bennett, Uizdom (Uittaker, 90), Olsson, O`Nil, Redmond, Ojija-Ofoe (Jarvis, 69), Mulumbu (Dorrans, 76), Xulaxan, Grebben.

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3.

Ogohlantirishlar: Mulumbu (27), Bennett (75), Olsson (90).

 

Xall Siti – Lester 1:1 (0:0, 0:0, 1:1, 0:0, PeN. 5:4)

“Key Si Stedium”

Gollar: 0:1 – 100 Marez, 1:1 – 105 Ernandes.

“Xall Siti” – Yakupovich, Xeyden, Douson, Teylor (Ernandes, 79), Maguayr, Melouni, Odubadjo, Xaddlstoun, Diame (Meyler, 110), Robertson, Lyuer (Akpom, 74).

“Lester” – Shvartser, Benaluan, Vasilevski, de Lat, Chiluell, Olbrayton, King, Inler, Dodu (Marez, 84), Okadzaki (Vardi, 65), Kramarich (Drinkuoter, 65).

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4.

Ogohlantirishlar: Benaluan (77), Olbrayton (87), Xeyden (88), Akpom (92), Robertson (100).

Bugun "Manchester Siti" - "Kristal Pelas", "Sautgempton"-"Aston Villa", "Liverpul"-"Bornmut" va "MYu"-"Midlsboro" jamoalari o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tadi.

Top