18:05 / 28.10.2015
3562

AQSh politsiyasi nunchaklar bilan qurollantirilishi mumkin

Kaliforniya shtatida politsiyachilar nunchaklar bilan qurollantirilishi mumkin. Bu haqda The Washington Post nashri yozmoqda.

Bunday chora jinoyatchilarni qo‘lga olish chog‘ida har ikkala tomonga yetkazilishi mumkin bo‘lgan jarohatlarning oldini olish maqsadida ko‘rilmoqda. 10 ming aholiga ega Anderson shahrida 20 nafar politsiyachiga nunchaklar beriladi.
Bu qurol koloradolik sobiq zobit Kevin Orkattning kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi.

“Ushbu quroldan mahorat bilan foydalanilgan taqdirda, raqibni tutib qolish va uning harakatlarini cheklash mumkin bo‘ladi”, - deb ta'kidladi Orkatt.
Politsiyachilar nunchaklarni taqib yurishga majbur emas, ammo ular ixtiyoriy ravishda bu qurolni tanlagan taqdirlarida 16 soatlik kursdan o‘tishi lozim bo‘ladi.

Top