13:21 / 28.10.2015
3496

AQSh Suriya va Iroqdagi harbiy qo‘shilmalariga o‘z harbiylarini kiritishi mumkin

AQSh Suriyadagi kurd ko‘ngillilari va va muxolifatning qo‘shilmalariga o‘zining quruqlik qo‘shinlaridan bir nechta otryad kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.

AQSh harbiylarining yana bir taklifi Iroq armiyasi tarkibiga front chizig‘ida ishlaydigan harbiy maslahatchilar guruhini kiritishdir. Ammo bu taklif, nashrning fikricha, jiddiy qo‘llab-quvvatlanmaydi.

Oq Uy, shuningdek, Iroqqa IShIDga qarshi kurash maqsadida 8ta “Apach” vertolyotidan iborat eskadrilyani yuborishni ko‘zlamoqda. Bu chora Iroqqa bir necha yuz harbiy xizmatchini joylashtirish zaruratini keltirib chiqaradi.

Top