16:11 / 28.10.2015
4059

Bortnikov Afg‘onistondagi jangarilarning IShID tarkibiga qo‘shilishidan ogohlantirdi

Rossiya federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov Afg‘onistonda harakat qilayotgan ba'zi bir jangarilar guruhlarining IShID saflariga qo‘shilishi mintaqadagi vaziyatni keskin yomonlashtirishi mumkinligini ta'kidladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishi jiddiy xavotirga sabab bo‘lmoqda. Bugun ushbu mamlakatning shimoliy chegaralarida ko‘plab jinoiy guruhlar to‘plangan bo‘lib, ular Tolibon tarkibiga kiradi. Ularning bir qismi, shuningdek, IShID bayroqlari ostiga o‘tdi, bu terrorchilarning Markaziy Osiyoga bostirib kirish tahdidini yanada oshirdi”, - dedi u MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 39-yig‘ilishidagi chiqishida.

Shuningdek, u MDHning ayrim davlatlari chegaralaridagi notinch vaziyat allaqachon belgilar bermoqda. Bundan tashqari, mintaqaga Yaqin Sharq va Afg‘oniston-Pokiston zonasidagi “issiq” nuqtalardan qaytayotgan jangarilar ham tahdid solmoqda.

Top