12:30 / 28.10.2015
5030

Die Zeit: Angela Merkel chek daftarchasisiz hech kim emas

Yevropadagi migratsion inqiroz Germaniya kansleri Angela Merkelning “dunyodagi eng qudratli ayol” va “Yevropaning eng qudratli siyosatchisi” qabilidagi imijini yo‘qqa chiqardi, deb hisoblaydi Die Zeit nashri.

Oxirgi oylarda Yevropa duch kelayotgan muhojirlar muammosi Angela Merkel faqatgina chek daftarchasidan foydalanib, yevropalik hamkorlarini sotib ololgandagina kuchliligini ko‘rsatdi, deb yozadi nashr. Gretsiya inqirozi buni yaqqol ko‘rsatib berdi, ammo migratsion inqiroz masalasida Yevropa davlatlari u bilan kelishishni istamayapti.

Barcha muhojirlarni YeIning 28 davlati o‘rtasida teng taqsimlash g‘oyasi ko‘pchilik davlatlarning mutasaddilari tomonidan salbiy kutib olindi. Jurnalistning ta'kidlashicha, yevropalik siyosatchilar “Merkelni yolg‘iz tashlab ketishdi”.

Top