23:54 / 28.10.2015
3023

Kaliforniya restoranlaridan birida 200 nafarga yaqin odam zaharlandi

Kaliforniyadagi San-Frantsisko bo‘g‘ozida joylashgan restoranlardan birida tushlik vaqtida 188 nafar kishi o‘tkir ichak infeksiyasi bilan zaharlandi. Bu haqda Santa-Klara okrugi sog‘liqni saqlash departamenti ma'lumotiga asoslanib, Assoshieyted Press xabar bermoqda.

Agentlikning ma'lum qilishicha, odamlar shigella (Shigella) bakteriyalarini uyg‘otuvchi ichak infeksiyasi bilan zaharlanishgan. Ularni shifoxonaga olib ketishga to‘g‘ri kelgan. Shigella simptomi bilan chalinganlar orasida isitmasi ko‘tarilib, qorin bo‘shlig‘ida og‘riq turgan va ichak buzilishi uchragan bemorlar bor. Restoranga qarshi uch kishi da'vo kiritgan.

Jabrdiydalar aynan nimadan zaharlanishgani hozircha noma'lum. Sog‘liqni saqlash departamenti vakili 16 va 17 oktabr kunlari Mariscos San Juan restoranidan ovqatlanganlarni sog‘liqlariga e'tiborliroq bo‘lishga chaqirdi. Restoranning o‘zi yopib qo‘yildi, uning litsenziyasi to‘xtatildi.

Top