01:19 / 28.10.2015
4531

Latviyaga AQSh armiyasining tarkibida 17 ta zirhli texnikasi bo‘lgan kolonnasi yetib keldi

Latviyaning Adaji harbiy bazasiga AQShning 17 ta zirhli texnikadan iborat kolonnasi yetib keldi. Bu haqda Latviya Mudofaa vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar departamenti rahbari Kaspars Galkins TASS axborot agentligi muxbiriga ma'lum qildi.

“Liyepaye portiga kechasi 8ta M1A2 Abrams tanki va 9ta M2A3 Bradley zirhli mashinasi yetib keldi. Kunduzi barcha texnika Adaji harbiy bazasiga yetkazildi” deb xabar berdi Galkins.

Galkinsning aytishicha, ushbu harbiy texnika Latviyada “kamida uch oy mobaynida” bo‘ladi. “Texnika Latviya milliy qurolli kuchlari harbiylari bilan birgalikdagi o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadi”, deb qo‘shimcha qildi Latviya Mudofaa vazirligi vakili. Biroq Galkins o‘quv mashg‘ulotlarida aynan qanday malakalarga sayqal berilishi haqidagi savolga javob bermadi.

Top