10:05 / 28.10.2015
2994

Pravdinskda o‘lim bilan yakunlangan YTH qayd etgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Pravdinsk tumanida olib borilgan tergov natijalariga ko‘ra, 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yuk avtomobili boshqarishda yo‘l qoidasini buzib, avtobus bilan to‘qnashib ketadi va jiddiy yo‘l transporti hodisasini keltirib chiqargani uchun hibsga olindi. Bu haqda “Novogo Kaliningrada.Ru” muxbiriga tuman tergov qo‘mitasining katta yordamchisi Marianna Andryushina ma'lum qildi.

Tergov qo‘mitasining ma'lum qilishicha, haydovchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shifokorlar so‘roqqa ruxsat berishgach, YTH yuzasidan so‘roq boshlangan. Matbuot xizmatining tasdiqlashicha, mahbus saqlanayotgan izolyatorda mahbus o‘zini yomon his qilmasligi uchun yetarli sharoitlar tashkillashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, mahalliy ichki ishlar vazirligi boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, yuk avtomobili boshqarib ketayotgan 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. Burilishda u avtomobilni boshqara olmagan va qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan. Natijada qarshisidan kelayotgan avtobus bilan bilan yuzma-yuz borib urilgan. Yigitning ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top