13:59 / 28.10.2015
3127

Qozog‘istonda o‘zini yoqib yuborgan o‘smir giyohvand moddalar qabul qilgani ma'lum bo‘ldi

Yaqinda Qozog‘istonning Taroz shahrida o‘zini yoqib yuborgan o‘smir yigit bu harakatni amalga oshirayotgan chog‘da giyohvand moddalar ta'siri ostida bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda respublika bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

24 oktabr kuni 20 yoshli Yerlan Bektibayev shaharning markaziy maydonida o‘ziga o‘t qo‘yib yuborgan edi. Keyinroq u olingan jarohatlardan shifoxonada olamdan o‘tdi.

O‘zini yoqib yuborishdan oldin u hammasiga politsiyachi aybdorligini ma'lum qildi. Bu fakt “o‘z joniga qasd qilishga olib borish” va “mansabini suiiste'mol qilish” moddalari bo‘yicha ko‘rib chiqilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, voqeadan bir necha kun oldin Bektibayevning yonidan gashish moddasi topilib, shu asosda unga nisbatan ish ochilishi kutilayotgan edi. Shunda Betibayev bir qancha tanishlarini yordamga chaqirgan, lekin ularga faqat o‘z oyoqlariga o‘t qo‘yishini aytgan. Ular kim qanday rolni bajarishi, kim suratga olishini oldindan kelishib olishgan. Lekin kutilmaganda Bektibayev o‘ziga o‘t qo‘yib yuborgan.

Top