12:05 / 28.10.2015
3538

Rossiya YeIIga tamaki va alkogol aksizlarini rublga bog‘lashni taklif qilmoqda

YeII davlatlari – Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Armaniston tamaki va alkogol mahsulotlari uchun aksizlar stavkalari koridori bo‘yicha kelishuvga erishdi. TASS agentligining Rossiya moliya vazirining o‘rinbosari Sergey Shatalovga tayanib xabar berishicha, Rossiya qolgan davlatlarga bu aksizlarga rublga bog‘lab qo‘yishni taklif qiladi.

“Hozircha faqat yevro masalasi qoldi, stavkalar unga bog‘langan. Bizning fikrimizcha, ularni rublga bog‘lash aqldan bo‘lar edi, negaki boshqa valyutalar rubldagi o‘zgarishlarni juda tez aniqlab, moslashib borishadi. Biz koridorlar borasida kelishuvga erishdik. Ammo koridorning markazi, ya'ni u qaysi valyutaga bog‘lanishi borasida hozircha kelishuvga erisha olmadik”, - dedi u.

Top