23:26 / 28.10.2015
5540

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri yaqin kunlarda Yamandagi urush tugashini ma'lum qildi

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayrning ma'lum qilishicha, Yamanda bo‘lib o‘tayotgan Saudiya boshliq koalitsiya va isyonchi xusiylar o‘rtasida sakkiz oydan buyon davom etayotgan urush yaqin kunlarda tugashi mumkin, deb xabar bermoqda Reuters.

“Mamlakatdagi harbiy kampaniya o‘z nihoyasiga yetishi mumkin, agarda... Ali Abdulloh Solih va xusiylar BMT Xavfsizlik kengashining 2216 rezolyutsiyani qabul qilishsa va bu masalada BMTdagi muzokarada ishtirok etsa”, — dedi u.

Uning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni ham kelajakda mamlakatda tub o‘zgarishlar bo‘lishini ko‘ryapti. “Yamanning isyonchilar tomonidan bosib olingan ko‘p qismi qaytarib olindi”, — deb qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Yaman hukumati isyonchi xusiylar va mamlakatning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Solih bilan muzokara olib borishga rozilik bildirgani haqida ma'lum qilingan edi.

Top