22:13 / 28.10.2015
3010

Shveytsariya prokuraturasi Rossiyaning sobiq qishloq xo‘jaligi vazirining hisob raqamlari hibsga olinganini tasdiqladi

Shveytsariya bosh prokuraturasi Rossiyaning sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Yelena Skrinnikning hisob raqamlari pul yuvish ishi bo‘yicha hibsga olinganini tasdiqladi.

“Shveytsariya bosh prokuraturasi idorasi 2013 yilda Rossiyaning sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri va pul yuvganlikdagi gumon qilingan bir necha kishiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini tasdiqladi. Shu sababli bosh prokuratura hisob raqamlarni hibsga oldi”, deyilmoqda Shveytsariya bosh prokuraturasi matbuot xizmatida.

Xabarda aytilishicha, prokuratura Rossiyadan ushbu ish bo‘yicha yordam berishini so‘ragan, biroq hanuzgacha bunday yordam taqdim qilinmagan.

Shveytsariya bosh prokuraturasi Skrinnikning hisob raqamlaridagi pullar qiymatini aytmadi.

Avvalroq OAVlarda Skrinnikning 60 mln franklik hisob raqamlari hibsga olingani ma'lum qilingandi, biroq sobiq vazir bu xabarni inkor etgan va “unda bunday pullarning o‘zi yo‘qligini” aytgan.

Top