10:17 / 29.10.2015
2766

«'»: Malayziya «Transaero»ni sotib olishga qiziqish bildirmoqda

Malayziya hukumati qoshidagi maxsus jamg‘arma "Transaero" aviakompaniyasini xarid qilish yoki kompaniya asosida boshqa aviakompaniya tuzish haqida reja qilmoqda. Bu haqda «Kommersant'» nashri yozadi.

Rossiya investitsiya agentligi prezidenti Yuriy Spiridonovning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlikning birinchi varianti sifatida kompaniya aksiyalarining 100 foizi sotilishi, 50 foiz aksiya investorda qoldirilib, 50 foizi Rossiya investitsiya agentligi boshqarmasiga, kompaniyaning restrukturizatsiya qilinishi maqsadida berilishi ko‘rilmoqda.

Ikkinchi variant esa, "Transaero" asosida yangi kompaniya tuzish hisoblanadi. Manbaning aytishicha, malayziyaliklar kompaniya atrofidagi mojarolarga aralashishni istashmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Transport vazirligi Havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) tomonidan sertifikati bekor qilingani sababli “Transaero” aviakompaniyasi 2015 yilning 25 oktabridan o‘zining operatsion faoliyatini to‘xtatdi.

Top