21:34 / 29.10.2015
2867

2015 yilda «O‘zbekiston temir yo‘llari» tomonidan 15,5 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi

Milliy matbuot markazida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining joriy yil to‘qqiz oylik yakunlariga bag‘ishlab matbuot anjumani o‘tkazildi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 9 oylik faoliyati davomida «Angren-Pop» elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasida qurilish ishlarini jadallashtirishga, «Maroqand-Qarshi» yo‘nalishida elektrlashtirish ishlarini to‘liq tugatib, «Afrosiyob» zamonaviy poyezdi xarakatini yo‘lga qo‘yishga erishildi.

Shu bilan birgalikda, «Qarshi-Termiz», «Samarqand-Buxoro» yo‘nalishlarida ham elektrlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 15,5 mln yo‘lovchi o‘z manzillariga yetkazildi. 262 mln dollar miqdorida eksport xizmatlari ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, «Angren-Pop» yangi temir yo‘l liniyasi qurilish loyihasini amalga oshirish uchun 2015 yil bashorati 348,3 mln dollarni tashkil etgan bo‘lsa, hisobot davrida 302,8 mln dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, reja 108,0 foizga bajarildi.

Shuningdek, jamiyat tomonidan elektron chiptalar sotish xizmati joriy etilgan bo‘lib,bu ham bo‘lsa yo‘lovchilar uchun yana bir qulaylik va imkoniyatlar yaratib beradi.

Top