21:27 / 29.10.2015
6940

Afg‘oniston harbiylari Turkmaniston bilan chegara yaqinida 140dan ortiq jangarini yo‘q qildi

28 oktabr kuni Afg‘oniston va Turkmaniston chegarasi hududidagi Faryob viloyatining Gormach uyezdini Tolibon jangarilari qo‘lidan ozod etish uchun o‘tkazilgan amaliyotlar davomida 140 nafardan ortiq jangari o‘ldirildi. Bu haqda hudud politsiyasi vakili Said Og‘a Andarobiy ma'lumot bergan.

"Gormach uyezdining Duoba qishlog‘ida Milliy armiya va ko‘ngillilar ishtirok etgan harbiy amaliyotlarda tolibonlar bilan 3 marta yirik to‘qnashuv sodir bo‘ldi va 140 nafardan ortiq jangari bartaraf qilindi", deydi manba.

Uning qayd etishicha, ushbu amaliyot jarayoniga jangarilar tinch aholi vakillaridan "tirik qalqon" sifatida foydalanishgani xalaqit bergan.

Gormach uyezdida jangarilar 10 kun oldin nazorat o‘rnatishgandi. Ularning hujumi vaqtida uyezd politsiyasi boshlig‘i Abdul Majid Gilemfobi va 17 nafar politsiyachi asir olingan. Politsiya boshlig‘i ko‘p o‘tmasdan o‘ldirilgan, qolgan asirlarning taqdiri noma'lum.

Top