23:51 / 29.10.2015
4853

BMT Shimoliy Korea o‘z fuqarolarini Rossiyaga ishlashga jo‘natayotganligini aniqlashtirdi

Shimoliy Koreya har yili o‘n minglab fuqarosini chet elga, jumladan, Rossiya va Xitoyga ishlash uchun jo‘natadi. Bu esa, o‘z navbatida, ishchilar foydasiga emas, aksincha, mamlakatga pul oqimi kelishini ta'minlab beradi.

Bu haqda BMTning Shimoliy Koreyada inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Marzuki Darusman ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda NBC. Ma'ruzada keltirilishicha, Shimoliy Koreya Xitoy va Rossiyaga 50 ming nafar fuqarosini ishlash uchun jo‘natgan. Ishchilar, shuningdek, Nigeriya, Jazoir va Yevropaning ayrim davlatlari, masalan, Poshaga ham jo‘natib turiladi.

Bu mamlakatlarda Shimoliy koreyalik ishchilar yer osti qazilmalari sanoatida, to‘qimachilik sanoatida, o‘rmonlarda va qurilishlarda mehnat qilishadi.

Darusmanning ma'lumotiga ko‘ra, ishchilar oyiga 120-150 dollar maosh olishadi. Ayni shu holatda ish beruvchilar Shimoliy Koreya hukumatiga ularning mehnati uchun ko‘proq haq to‘lashadi.

Darusmanning aytishicha, Shimoliy koreyalik ishchilar sutkasiga 20 soatdan ishlashadi va bir oyga ikki kun dam olishadi. Agarda ishchilar kunlik normani bajara olishmasa, umuman maoshsiz qolishadi, deb keltiriladi ma'ruzada.

Top